Farg’ona shahridagi majmua

Turar-joy kompleksi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahri Tarona ko‘chasida qurilgan 16 qavatli yangi uy-joylarni borib ko‘rdi. Ma’lumki, Farg‘ona mamlakatimizning aholi eng zich joylashgan shaharlaridan. Shu bois bu kabi zamonaviy ko‘p qavatli uylar aholining o‘sib borayotgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur 2 ta 16 qavatli uyni qurish uchun 11 sotix yer kifoya qildi. Endi bu yerda 160 ta oila yashaydi. Xonadonlarning bir qismi ijtimoiy himoyaga muhtojlarga topshiriladi. Qurilishda seysmologiya va zamonaviy arxitektura talablariga alohida e’tibor berilgan. Energiya tejovchi, sifatli materiallardan foydalanilgan. Uylarning yonida bolalar o‘yin maydonchasi, mashinalar turargohi bor. 420 o‘rinli maktab barpo etilgan. 380 o‘rinli bolalar bog‘chasi qurilmoqda.